YOSHLAR BILAN UCHRASHUV VA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT
2026-yil 4-iyun kuni Xiva tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida Urganch davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika yo‘nalishi bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Xiva tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i K.A.Bobajanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.Uchrashuv davomida sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud vakant ish o‘rinlari hamda mutaxassislarni ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar oldilar.
Sanepidqo‘mita Xiva tuman bo'limi axborot xizmati
https://t.me/XivatumanSEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Ochiq eshiklar kuni3-12-2025, 15:48
“Yangicha mahallabay” targ‘ibot tadbirlari15-04-2026, 17:33
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BORASIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA16-02-2026, 12:16
Viloyat Sanitariya Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi boshqarmasining tegishli buyrug'i asosida Yangiariq tuman dexqon bozori Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasida sanitariya nazorati o‘tkazildi.15-04-2025, 15:55
Xiva tumanida quturish kasalligiga qarshi hamkorlikdagi o‘quv-taktik seminar o‘tkazildi.24-02-2026, 09:52











