Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Endi fuqarolar Sanepidqo‘mita faoliyatini baholashi mumkin

Endi fuqarolar Sanepidqo‘mita faoliyatini baholashi mumkin

16-06-2026, 09:47
40

Korrupsiyaning oldini olish va xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida maxsus QR-kod orqali baholash tizimi joriy etildi.

📱Endilikda fuqarolar Sanepidqo‘m va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mobil telefon orqali QR-kodni skanerlab, tezkor va shaffof tarzda baholash imkoniyatiga ega.

📊Sanepidqo‘m mas’ul xodimlari tomonidan baholash natijalari muntazam tahlil qilinib, aholi tomonidan qoniqarsiz deb topilgan xizmatlar yuzasidan zarur choralar ko‘riladi. Mazkur tizim ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🤝Halollik va sifatli xizmat — fuqarolar ishonchining muhim omilidir.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.