Ultrabinafsha nurlaridan qanday himoyalanish mumkin?

🌞So‘ngi kunlarda respublikamiz bo‘ylab havo harorati sezilarli darajada ko‘tarilgani kuzatilyapti. Anomal issiqdan qanday himoyalanish mumkin? Ultrabinafsha nurlari inson salomatligi uchun qay darajada xavfli?
💥Yoz faslida odamlar issiq, quruq va quyoshli ob-havodan panoh izlab qoladi. Bunday paytda ayniqsa shahar aholisi ancha qiynalib qoladi, chunki shaharlarda transport ko‘p harakatlanadi, ishlab chiqarish rivojlangan.
☀️Kuchli terlash tufayli organizmdagi suv va tuz muvozanati buziladi, natijada mushak hujayralarining oziqlanishi va organizmning faoliyati yomonlashadi hamda yurak-qon tomir xuruji holati ortadi. Agar issiq ob-havo sizga ta’sir qilib ulgurgan bo‘lsa, harorat ko‘tarilishi, puls tezlashishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi holatlari paydo bo‘ladi.
😓Issiqda suvsizlanishni oldini olish uchun ko‘proq toza suv ichish kerak. Gazli ichimliklar va limonadlardan esa voz kechish lozim. Ular issiqda yoqimli tuyulgani bilan, buyrak va jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Chunki issiq ob-havo paytida buyraklardagi yuk keskin oshadi.
🌝Issiq sharoitda ishlaganda vaqti-vaqti bilan imkon darajasida salqin joyda dam olish, ish joylarida sovutgichlar o‘rnatish yozning jazirama kunlarini bir muncha yengil o‘tishini ta’minlaydi.
🏃Bundan tashqari oftobdan saqlanish uchun turli tabiiy va sintetik krem va kosmetik vositalar mavjud bo‘lib, ular A va B ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishiga qarab farqlanadi. Bu vositalar fotoprotektorlar deb ataladi.
🪙Fotoprotektorlar ta’sir mexanizmiga qarab kimyoviy (filtrlar) va mineral (ekran) turlariga bo‘linadi. Nurlardan himoyalanish darajasi – oftobdan saqlanish omili, ya’ni SPF bilan o‘lchanadi. Bizning iqlim sharoitimizda albatta SPF 50 dan past bo‘lmagan oftobdan saqlanuvchi vositalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday vositalarni xarid qilishda albatta ana shu jihatlarga e’tibor bering.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.