Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » 🦠 GEPATIT C NING OLDINI OLISH – O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI HIMOYA QILING!

🦠 GEPATIT C NING OLDINI OLISH – O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI HIMOYA QILING!

2-07-2026, 11:30
23
🦠 GEPATIT C NING OLDINI OLISH – O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI HIMOYA QILING! 💚

🩺 Gepatit C — jigarni zararlovchi virusli kasallik bo‘lib, asosan zararlangan qon orqali yuqadi. Kasallik uzoq yillar davomida hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Shu sababli uni "yashirin kasallik" deb ham atashadi.

⚠️ Gepatit C qanday yuqadi?
🩸 Zararlangan qon bilan aloqa qilganda.
💉 Sterillanmagan shprits, igna va tibbiy asboblar orqali.
🖋 Steril bo‘lmagan sharoitda tatuirovka yoki pirsing qildirganda.
🪒 Ustara, tirnoq qaychisi, tish cho‘tkasi kabi shaxsiy buyumlarni umumiy ishlatganda.
Himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali (kam hollarda).
🤰 Onadan bolaga homiladorlik yoki tug‘ruq vaqtida (kam hollarda).

✅ Gepatit C ning oldini olish choralari
✔️ Faqat steril va bir martalik tibbiy asboblardan foydalaning.
✔️ Qon quyish va tibbiy muolajalarni faqat litsenziyaga ega tibbiyot muassasalarida amalga oshiring.
✔️ Tatuirovka, pirsing, manikyur va kosmetologik muolajalarni faqat sanitariya talablariga rioya qilinadigan joylarda bajartiring.
✔️ Ustara, tish cho‘tkasi, tirnoq qaychisi kabi shaxsiy buyumlarni boshqalar bilan ulashmang.
✔️ Tasodifiy jinsiy aloqadan saqlaning va himoya vositalaridan foydalaning.
✔️ Giyohvand moddalarni in'eksiya yo‘li bilan iste'mol qilishdan voz keching.

🔍 Kimlar tekshiruvdan o‘tishi tavsiya etiladi?
👨‍⚕️ Qon bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari.
🩸 Qon yoki qon mahsulotlari quyilgan shaxslar.
💉 In'eksiya orqali giyohvand moddalarni iste'mol qilgan yoki qilayotganlar.
🖋 Tatuirovka qildirgan shaxslar.
 Xavf omillari mavjud bo‘lgan fuqarolar.

🚨 Esda tuting!
❌ Gepatit C qo‘l berib ko‘rishish, quchoqlashish, birga ovqatlanish, bir idish-tovoqdan foydalanish, yo‘talish yoki aksirish orqali yuqmaydi.

📢 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang!
🩺 O‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘ting.
🩸 Sterillikka qat'iy amal qiling.

Sanepidqo'mita Xiva tuman bo'limi Axborot xizmati
https://t.me/XivatumanSEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.