Yozda ifloslangan oziq-ovqat va suv o‘tkir ichak infeksiyalari kasalliklarga sabab bo‘ladi
Yozda ifloslangan oziq-ovqat va suv o‘tkir ichak infeksiyalari kasalliklarga sabab bo‘ladi
⚠️Kunlar isishi, yozda aholi o‘rasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, xususan, o‘tkir diareya, qorin tifi, salmonellyoz, virusli gepatit A va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi.
📝O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qaynatilmagan ariq, hovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar, shu bilan birga pashshalar alohida ahamiyat kasb etadi.
☄️Kasallikning oldini olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
✔️Har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving;
✔️Meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynab sovitilgan suvda) yuvib iste’mol qiling;
✔️Ochiq suv havzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang;
✔️Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling;
✔️Pashshalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymang;
✔️Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating;
🔗Ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling, shifokorlar maslahatisiz har xil dori-darmonlarni iste’mol qilmang.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI HAQIDA NIMALAR BILISH MUHIM?5-06-2026, 15:11
“Xorazm ma’rifati” gazetasining 2026-yil 15-may sonida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari haqida maqola chop etildi.19-05-2026, 15:24
VABO: XAVFLI ICHAK INFEKSIYASI10-04-2026, 09:39
KO‘RINMAS XAVF: GEPATIT A dan QANDAY HIMOYALANAMIZ?24-07-2026, 11:13
Mutaxassis tavsiya beradi: 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yozda qanday ovqatlantirish kerak?10-07-2026, 14:08











